Talaba-yoshlar o`rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish mavzusida uchrashuv o`tkazildi
03.03.2022 1431
Joriy yilning 1-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori O.Yusupdjanov, yuridik klinika rahbari Z.Ubaydullayev, magistratura dekan muovini S.Ibadullayev, Mirzo Ulug‘bek tuman Prokuror o`rinbosari K.Allayarova va Jinoyat ishlari bo'yicha Mirzo-Ulug`bek tuman sudi sudyalari V.Svetkov va S.Abduganiyev hamda universitet talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba yigit-qizlar ishtirok etishdi.
Mazkur uchrashuv avvalida prorektor O.Yusupdjanov so‘z olib, jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi bo‘lib kelganligi, inson tinch va xotirjam yashashni xohlashi va tinchlik bo‘lgan joyda rivojlanish bo‘lishini alohida ta’kidlab o‘tdi.