02.03.2022 1530

2022 yil 1-mart kuni JIDUda Mirzo Ulug'bek tumani sudyasi S.Abdug'aniev raisligida sayyor sud majlisi bo'lib o'tdi. Sud, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan ayblanayotgan sudlanuvchining jinoyat ishini ko'rib chiqdi.

Sud jarayonida prorektor O.Yusupdjanov, Magistratura fakulteti dekan muovini S.Ibadullayev va “Xalqaro huquq” fakulteti ikkinchi kurs talabalari ishtirok etishdi.

Ta'lim jarayonida nazariya va amaliyot o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ta'minlashga qaratilgan tadbir voqealarga boy bo'ldi va talabalar butun sud jarayonni amalda baholay oldilar. Bu jarayonda sudya tinglovchilarga nazariyani o'rganish jarayonida olgan bilimlarini namoyish etish imkoniyatini berdi. Ishning har bir qismiga sudyaning tushuntirish izohlari ilova qilindi. Hukm chiqarilishidan oldin sudya sud hukmi to'g'risida tinglovchilarning fikrini so'rashga qaror qildi. Jarayon yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.