Shaxs kamolotida notiqlik san’ati
23.02.2022 1285
Joriy yilning 23-fevral sanasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ‘‘Shaxs kamolotida notiqlik san’ati’’ mavzusida “Showmen” ko‘rsatuvi boshlovchisi, suxandon Tolibjon Isroilov bilan JIDU talabalari o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.
Tolibjon Isroilov har bir shaxs tug‘ilib o‘sgan vatanini asrashi uchun o‘z ona tilini mukammal darajada o‘rganishi kerak ekanligini, inson ibtidosidan turli tillar mavjud bo‘lib, lekin tilga e’tibor berilmasligi natijasida millatning o‘zligi unutilishi mumkin ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Tarixdan ma’lumki, notiqlik san’ati qadimgi Gretsiyada paydo bo‘lgan va Sitseron yohud so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyni bunga yaqqol misol qilishimiz mumkin.
Davra suhbati yakunida T.Isroilov talaba yoshlarga shaxs kamoloti va har qanday rahbar boshqaruvidagi asosiy kuch so‘z qudratida ekanligini alohida yana bir bor ta’kidladi. Chunonchi so‘z insonning kelajagi uchun katta tasir qiladi, uning so‘zi aniq va tushunarli bo‘lmas ekan o‘z fikrini aniq yoritib berolmaydi.
JIDU talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbat talabalarning qizg‘in savollari asnosida juda ko‘tarinki ruhda yakunlandi.