"Siz mustaqil hayotga tayyormisiz"
24.02.2022 1342
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 29-noyabridagi 506-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 24 fevral kuni oila va yoshlar psixologi Shoira Isakova bilan, “Siz mustaqil hayotga tayyormisiz” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Uchrashuv davomida Sh.Isakova talabalarning shaxsiy hayotlarida karyera tuzishga bo‘lgan tendentsiyalar, oilaviy hayotni qurishga halaqit qilmasligi ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Snuningdek, farzand tarbiyasida ayollarning o’rni alohida e’tiborga ega ekanligini misollar tariqasida va ta’lim olgan ma’rifatli ayolgina bilimdon farzandlarni tarbiyalashga qodirdir deb aytib o’tdi. Shuningdek, talabalarga ijobiy yondashuvlarga asoslangan muvaffaqiyatli va baxtli hayot yo’llari haqida alohida maslahatlar berishdi.