24.02.2022 1394

Yoshlarning ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan 5 muhim tashabbusni amaliyotga joriy etish bugungi kunning eng asosiy vazifalaridan biridir.

Mazkur tashabbuslar yosh avlodni har tomonlama mukammal tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish ishlarini qamrab olgan bo‘lib, Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetida ham bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 24-fevral kuni JIDU faollar zalida Yotoqhonadagi talaba-yoshlarning darsdan bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida, musiqiy kecha tashkil qilinib unda universitet yotoqhonasidagi barcha kurs talabalri ishtirok etdilar.

Kechada maqom san’atining yurtimizdagi eng sara ijrochilari hamda elimiz ardog‘idagi ustoz san’atkorlar, o’zbek san’ati asoschisi To’ychi xofiz Toshmuxamedov nabirasi ustazoda san’atkor Sarvar To’ychiyev, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Toir Qo’ziyev “Sato” guruhi hamda honanda Toir Latipovlar ishtirokida “Buyuk iste’dod va ulkan qalb sohibi” klassik musiqiy kecha tashkil qilindi. “Maqom cholg‘u ijrochiligi” jo‘rnavozlaridan iborat  sozandalar ansambili ijrolari maqom san’ati an’analarini yanada rivojlantirish, asrab-avaylash va yosh avlodga yetkazish, san’at ixlosmandlari orasida targ‘ib etish va ommalashtirish omil bo‘lib kelinmoqda.

Buyuk ajdodimiz so‘zlariga bastalangan badiiy barkamol qo‘shiqlar tinglovchilarning estetik didini yuksaltirish, musiqiy saviyasini oshirish, ona tilimizga yanada ko‘proq hurmat va e’tibor bilan munosabatda bo‘lishda o‘ziga xos o‘rin tutadi.