21.02.2022 1362

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 2-bosqich talabasi Doston Mashrabov Qozogʻistonning Nursulton shahrida MDH davlatlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yil talabasi” xalqaro oʻquv-tadqiqot tanlovida siyosatshunoslik yoʻnalishi boʻyicha faxrli birinchi oʻringa loyiq koʻrildi.
 
Taʼkidlash joizki, ushbu xalqaro tanlovda MDHning 14 davlatidan iqtidorli talabalar oʻzlarining ilmiy ishlari bilan qatnashdilar va yakunga koʻra Oʻzbekiston vakilli tanlov gʻolibi deb topildi.
 
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi Doston Mashrabovni ushbu gʻalaba bilan tabriklab, ilmiy izlanishlarida yanada katta muvaffaqiyatlar tilab qoladi.