21.02.2022 1723

2022-yil 18-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Metodologik kengashining uchinchi yig`ilishi doirasida tashkil etilgan “Markaziy Osiyoda suv taqsimoti masalalari va ularning hal etilish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar to`g`risida

MA`LUMOTNOMA

2022-yil 18-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Metodologik kengashining faoliyati doirasida “Markaziy Osiyoda suv taqsimoti masalalari va ularning hal etilish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o`tkazildi.

Metodologik  kengash yig`ilishi va ilmiy-amaliy seminarning ochilishi qismida kirish so`zi bilan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining Birinchi o`rinbosari va JIDU Rektori Metodologik Kengashning Raisi S.S. Safoyev so`zga chiqdi.

Metodologik kengash yig`ilishining asosiy qismi doirasida ilmiy seminarda JIDU rahbariyati va professor-o`qituvchilari, doktorant va tadqiqotchilari oldida O`zbekiston Respublikasi Suv xo`jaligi vazirining birinchi o`rinbosari A.S.Nazarov, OQXJning O`zbekistondagi Orol dengizi havzasi loyihalarini amalga oshirish agentligi rahbari V.I.Sokolov, Davlatlararo suv xo`jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyaning Ilmiy-axborot markazi direktori v.b. D.R.Ziganshina so`zga chiqdilar.

Nazarov A.S. o`z nutqida Markaziy Osiyoda suv taqsimotining bugungi holati, muammolari va istiqbollariga alohida e`tibor qaratdi. Jumladan, ma`ruzada  O`zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlarida suvdan foydalanish muammolariga to`xtalib, iqlim o`zgarishi, aholi sonining o`sishi, urbanizatsiya va iqtisodiy rivojlanish kabi mamlakatning suv xo`jaligi rivojlanishiga bo`lgan tahdidlar, chaqiriqlar va vazifalar belgilab berildi. Ekspert tomonidan Markaziy Osiyoda transchegaraviy suvdan foydalanish doirasida O`zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning umume`tirof etilgan normalar asosida va o`zaro hurmat hamda mintaqaning barcha davlatlari manfaatlarini hisobga olishi bilan ifodalangan suv resurslarning taqsimlanishi bilan bog`liq barcha masalalarni izchillik bilan ko`rib chiqishi va hal etishi borasidagi konstruktiv siyosati ko`rib chiqildi. Markaziy Osiyo barcha mamlakatlarining manfaatlari inobatga olingan sharoitda transchegaraviy suv resurslarini boshqarish o`zaro maqbul mexanizmlarining belgilanishi va ishlab chiqilishi O`zbekiston zamonaviy taraqqiyotining hozirgi bosqichida qabul qilingan “2020–2030-yillarda O`zbekiston Respublikasining suv resurslarini rivojlantirish konsepsiyasi”da ham o`z ifodasini topmoqda.

O`z navbatida Sokolov V.I. dastlab OQXJning uzoq muddatli faoliyati to`g`risida fikrlar bildirib, o`z taqdimotida O`zbekistonning qo`shni mamlakatlar bilan hamkorligida Amudaryo havzasidagi suv resurslarini boshqarilishi bo`yicha diagnostik sharhini   quyidagi yo`nalishlar doirasida belgilab berdi: (i) Amudaryo havzasining asosiy xarakteristikasi, (ii) Amudaryo havzasidagi tabiiy daryo oqimining o`ziga xosligi, (iii) iqlim o`zgarishi va Orol dengizining ekologik inqirozi natijasida Amudaryoning gidrologik rejimining o`zgarishi va Markaziy Osiyoda havo va namlik aylanish tizimiga ta`sir ko`rsatgan omillar, (iv) maxsus suv omborlari orqali Amudaryo oqimini tartibga solish masalalari, (v) “qaytib keladigan” (oqim) suvlarning tavsifi, (vi) Amudaryoning suv resurslari taqsimlanish tamoyillari, (vii) Amudaryoning suv xo`jaligi kompleksini boshqarishning murakkabliklari, (viii) Janubiy Orol bo`yining asosiy suv havzalari muammolari va (ix) suv havzalarining barqaror holati uchun ushbu mintaqada suvga bo`lgan real ehtiyojlarning baholanishi, (x) Amudaryo havzasidagi suv resurslarini birgalikda boshqarish va foydalanish masalalari bo`yicha ikki tomonlama munosabatlarning o`ziga xos xususiyatlari. Ma`ruzada ta`kidlanganidek, hozirgi bosqichda Amudaryo havzasi suv resurslaridan foydalanishning dolzarb masalalaridan biri bu Afg`oniston bilan suv taqsimoti tamoyillarini muvofiqlashtirish, shuningdek, Afg`oniston va Tojikiston tomonidan Pyanj daryosi bo`yicha suv resurslarini birgalikda rivojlantirishdan vujudga kelishi mumkin bo`lgan ta`sirdir.

“Markaziy Osiyoda transchegaraviy suvdan foydalanish masalalari: diplomatiya, huquq, ilm-fan” mavzusidagi ma`ruzasida Ziganshina D.R. DMSXK doirasida umumiy suv xo`jaliklari masalalari bo`yicha qarorlar, rejalashtirilgan qo`shma dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlari, shuningdek ishtirokchi mamlakatlar milliy va mintaqaviy manfaatlarining o`zaro bog`liqligi sharoitida Markaziy Osiyo davlatlari ijroiya organlari va suv xo`jaligi muassasalari o`zaro kelishuv va muvofiqlashitirishga asoslangan hamkorlik modelining o`ziga xos jihatlarini belgilab berdi. Mutaxassis Markaziy Osiyo mamlakatlari taraqqiyoti va hamkorlikning umumiy maqsadlarini ilgari surishda an`anaviy diplomatiyadan farqli bo`lgan zamonaviy diplomatik mexanizmlar va kanallarning afzal tomonlarini, xususan, “suv” diplomatiyasida ham ifodalanayotgan, ko`p darajali va tarmoqli o`zaro hamkorlikda, ekspertlar hamjamiyatlari doirasida, fanning turli tarmoqlar/sohalar vakillarining hamkorligida deb belgiladi.

Ilmiy-amaliy seminarning yakuniy qismida savol-javoblar doirasida tadbir ishtirokchilari mutaxassislarga qiziqtirgan dolzarb savollar bilan murojaat etdilar, muhokama etilayotgan mavzular yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar, “suv” iqtisodiyotini belgilash, Markaziy Osiyoda transchegaraviy suv resurslari bilan bog`liq muammolarni hal etish sohasida “suv” attashelarining maqomi va diplomatik faoliyati tuzilmalarining boshqa shakllari borasidagi tashabbuslarini ilgari surdilar, mazkur  mavzuning O`zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasining yangi tahririni ishlab chiqishdagi ahamiyatini ham ta`kidlab o`tdilar.

JIDU Metodologik kengashning mas`ul kotibi,
“Xalqaro munosabatlar” kafedrasi katta o`qituvchisi,
s.f.n. Muminova N.Ya.