19.02.2022 1547

Joriy yilning 16-fevral sanasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida MFaktor loyihasi asoschisi Hasan Mamasaidov va JIDU talabalari o’rtasida “Biznesni boshqarish va rivojlantirishda muvaffaqiyat va mag’lubiyat omillar” mavzusida   mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni JIDUning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori Odil Yusufjonov ochib berdi.

Shundan so’ng Hasan Mamasaidov talaba yoshlarga iqtisodiy biznesdagi fokus, ya’ni asosiy boshqaruvni, qayerga va qanday qilib to‘g‘ri yo‘naltirish usullari, iqtisodiy faoliyatni noldan boshlash jarayonida turli-xil vaziyatlarda muammolar bo‘lishi tabiiy hol ekanligi, har qanday vaziyatda ham xohish bo‘lsa, imkoniyat yaratilishi mumkin ekanligini, iqtisodiy loyiha masshtabini aniqlay olish salohiyati faqatgina ilmiy salohiyat nuqtai nazaridan chuqur bilim olishda ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. O’z yurtimizda faoliyat yuritib, uni rivojlantirishga hissa qo’shish kerak deb ta’kidlab o’tdi.

Talabalar o’zlari bergan savollariga to’laqonli javoblar olishdi. Uchrashuv qiziqarli yangiliklar, hamda amaliy taassurotlarga boy muhitda oʻtdi. Tadbir so’ngida mehmonga JIDUning maxsus sovg’asi topshirildi.