Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litsey bitiruvchisi yuqori reytinga ega universitet granti g‘olibi bo‘ldi
18.02.2022 1507
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi 2-kurs o‘quvchisi Tursuntoshev Azamat dunyo oliy ta’lim muassasalari reytingida 27 – o‘rinda turgan Nyu York Universitetining 320000 AQSH dollarga teng bo‘lgan to‘liq grantini olishga erishdi. Ushbu grant 4 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, talabaning to‘liq xarajatlari bilan har bir o‘quv yiliga 80000 ming AQSH dollaridan to‘g‘ri keladi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda akademik litsey rahbariyati Tursuntoshev Azamat va uning oila a’zolarini hamda ustozlarini ushbu erishilgan yutuq bilan samimiy tabriklaydi. Shuningdek, kelajakda Azamat o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan yurtimizning ravnaqi yo‘lida olib boriladigan islohotlarni amalga oshirishda o‘z hissasini qo‘shishiga ishonch bildirib qoladi.