"Ayollar huquqlari kafolatlarining xalqaro standartlari: Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi tajribasi" mavzusida davra suhbati
16.02.2022 1601
15-fevral kuni Toshkent Jan Mone Yevropa tadqiqotlari markazi hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xotin-qizlar Maslahat Kengashi hamkorligida “Ayollar huquqlari kafolatlarining xalqaro standartlari: Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi tajribasi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman), Toshkent Davlat Yuridik Universiteti, Toshkent “Olima ayollar uyushmasi”, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashidan vakillar hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining professor oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida ayollar huquqlarini himoya qilishda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) institutining oʻrni, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarida gender, bu borada Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining ilgʻor tajribasi hamda ularni mamlakatimizga tadbiq etish va mavzuga doir boshqa masalalar muhokama qilindi.