16.02.2022 1767

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Xalqaro iqtisodiyot va menejment" fakulteti 4-bosqich talabasi G'ofurova Dilafruz Zoxidovna Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

Dilafruz G'ofurova ta'lim davomida:

  • 2019-yilda Xitoy Xalq Respublikasi tashabbusi bilan bo'lib o'tkan ilmiy anjumanda ishtirok etkan;
  • Xalqaro miqiyosdagi konferensiyalar va Parlament saylovlarida gid-tarjimon sifatida qatnashgan;
  • "Bog'da o'sgan niholman" nomli ijodiy she'rlar va esselar to'plami muallifi;
  • 2020-yilda JIDU Rektori stipendiyasi sohibasi bo'lgan;
  • Ko'plab ilmiy maqola va tezislari Xalqaro va Respublika miqiyosidagi jurnal, konferensiyalarda chop etilgan. 
  • 2021-yilda O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki stipendiyasini qo'lga kiritgan.

Talabamizni, uning ilmiy rahbari Xamdamov Mirzoumid Mirzoyuldashevichni, barcha mas’ul shaxslar va universitet rahbariyatini ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbot etamiz!