16.02.2022 1368

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Xalqaro munosabatlar" fakulteti 4-bosqich talabasi Aminova (Ibodova) Sadoqat Karomiddinovna ikki bosqichli tanlov natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibasi bo‘ldi!

Aminova Sadoqat:

  • 2018-yilda ingliz tili bo‘yicha o'tkazilgan Respublika olimpiadasida 1-o‘rinni egallagan;
  • 2019-yilda Nur-Sulton shahrida BMT shafeligida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada mamlakatimiz nomidan ishtirok etgan;
  • Parlament saylovlarida va bir qancha xalqaro konferensiyalarda ko‘ngilli tarjimon sifatida qatnashgan;
  • 2020-yilda JIDU stipendiyasi sohibasi bo'lgan;
  • 20 dan ortiq ilmiy maqola va bitta monografiya muallifi.

Talabamiz, uning ilmiy rahbari Mo‘minov Ilhom Aktamovichni, barcha mas’ul shaxslar va universitet rahbariyatini ushbu muvaffaqiyat bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!