15.02.2022 1267

14.02.2022y.  Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro shartnomalar toʻgʻrisidagi  Qonuni qabul qilingan kuni munosabati bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonun: amaliyot va takomillashtirish istiqbollari” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Mazkur davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi “Xalqaro ishlar va parlametlararo aloqalar qoʻmitasi» rahbari  Fayziyeva Dilorom Husnitdinovna va qoʻmita rahbari oʻrinbosari Joʻrayev Qodir Asadovich, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi boshligʻi, yu.f.d., professor Rashidov Komil Kayumovich va boshqarma aʼzolari, shuningdek JIDUning professor-oʻqituvchilari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar. Davra suhbati yakunida ishtirokchilar  “Xalqaro shartnomalarni ishlab chiqishda qiyosiy-huquqiy tahlil, tajriba va monitoring amaliyoti” , “Xalqaro shartnomalar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish masalalari”  kabi mavzular boʻyicha fikr almashdilar.