14.02.2022 1080

Joriy yilning 12-fevral kuni Dzyu-do boʻyicha respublika musobaqasiga saralash bellashuvining Toshkent shahar ochiq chempionati boʻlib oʻtdi. 

Mazkur musobaqada  Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 2-bosqich talabasi, JIDU sport klubi a’zosi  Iskandarov Jonibek  -90 kg vazn toifasida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Universitet jamoasi Jonibekni ushbu g‘alabasi bilan samimiy muborakbod etib, respublika bosqichida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.