14.02.2022 1109

Xalqaro munosabatlar fakulteti 3-bosqich talabasi, Umarova Nilufar Behzodovna, Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) qo'mitasining "Eng yaxshi delegati" nominatsiyasi bo'yicha Xitoy delegatsiyasini taqdim etib, Rossiya tashqi ishlar vazirligi Fiplomatik akademiyasining BMT modelida g'olib bo'ldi.

Qo'mita kun tartibida ikkita asosiy masala ko'rib chiqildi:

  • №1 Vaksinalar uchun global harakat rejasi
  • №2 Dunyo aholisining salomatligi va tashqi siyosati: sog'liqni saqlash tizimining barcha tibbiyot xizmatlari orqali barqarorligini mustahkamlash.

Avval xabar qilinganidek, 2022-yil 7-fevraldan 12-fevralgacha Rossiya tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasida BMTning xalqaro modeli bo'lib o'tdi, unda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari ham faol ishtirok etishdi.