19.01.2022 1132

Joriy yil 17-yanvar kuni, qishki taʼtil davrida talabalar uchun tashkil etiladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar rejasiga muvofiq, universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.Yusupjanov, Yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalash bo‘limi boshlig‘i F.Yaxshiyev, Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi mudiri L.M.Toshpo‘latova, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Pul-kredit siyosati departamenti boshlig‘i N.Ochilovlar tomonidan “Modellashtirish asosida pul-kredit siyosatini tahlil qilish va prognozlash” mavzusida navbatdagi onlayn mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida, L.M.Toshpo‘latova, N.Ochilov  Zamonaviy pul-kredit siyosati, pul-kredit siyosati konsepsiyalari, pul-kredit siyosati maqsad va  vazifalari, makroiqtisodiy prognozlash, Keyns modeli haqida   talabalarga kerakli va qiziqarli ma’lumotlarni aytib o‘tdilar.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining pul-kredit siyosati haqida talabalarga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Bundan tashqari, ushbu mahorat  darsi savol-javoblarga boy bo‘ldi.Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Umuman olganda mahorat darsi, yuqori darajada qiziqarli o‘tdi.