Hozirgi kundagi Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash muammolariga bag‘ishlangan ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi
15.01.2022 1227
2022-yil 14-yanvar kuni JIDU “Xalqaro muammoning amaliy tahlili” kafedrasi katta o‘qituvchisi I.A. Uvraimov “Hozirgi kundagi Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik muammolari” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Mahorat darsi davomida I.A.Uvraimov tadbir ishtirokchilarini mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi asosiy tendentsiyalar, bu boradagi dolzarb jarayonlar va ularning zamonaviy xalqaro munosabatlardagi ahamiyati bilan tanishtirdi. Mintaqaning barqaror rivojlanishini ta’minlashdagi muhim o‘rinda ekanligi ta’kidlab o’tildi. Mintaqaviy jarayonlarda ishtirokchilarning duch keladigan muammoli jihatlar ko'rsatilildi. Hududlar va tashqi subyektlar o‘rtasidagi aloqalar, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan maqsadli rejalar qayd etib o’tildi.
Tinglovchilardan taklif etilgan mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishlari so‘ralgan.