13.01.2022 1247

2022-yilning 6-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Parijning Panteon-Assas universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlikning turli yoʻnalishlari muhokamasiga bagʻishlangan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasining Fransiya bilan hamdo’stlik aloqalari, oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik hamda kelgusi istiqbolli rejalar xususida so’z yuritildi.

Uchrashuv davomida tomonlar o’rtasida ta’lim almashinuvi dasturlarini joriy etish hamda memorandumlar imzolash hamda moliyaviy masalalarga alohida to’xtalib o’tildi. Parijning Panteon-Assas universiteti vakili tomonidan ta’lim almashinuvi dasturlari asosan xalqaro huquq, yevropa ittifoqi huquqi hamda arbitraj huquqi sohasida bo’lishi haqida aytib o’tildi.

Shuningdek, videokonferensiya davomida hamkorlikning keyingi bosqichlari xususida kelishib olindi.

Parij II Panteon-Assas universiteti to‘g‘risida

1257-1970-yillarga qadar faoliyat olib borgan Parij universitetining “Huquqshunoslik va iqtisodiyot” fakulteti vorisi bo‘lib hisoblanadi. 1971 yildan boshlab rasman hozirgi nomi bilan faoliyat yuritishni boshlagan. Huquqshunoslik sohasida Fransiyaning eng ilg‘or o‘quv dargohi. “QS Top Universities” reytingida huquqshunosliq yo‘nalishi bo‘yicha 62-o‘rinni egalaydi.

Ta’lim muassasi bugungi kunga qadar 300 ta xalqaro hamkorlik va almashinuv bitimlarini imzolagan bo‘lib, ular doirasida 3 mingga yaqin chet ellik talaba Parij II Panteon-Assas universititida ta’lim olmoqda va 150 ta xorijiy professor har yili ishga taklif qilinadi. 

Bugungi kunda fransuz universiteti mamlakat bo‘ylab 17 ta kampusga, shu jumladan Singapur, Dubay va Mavrikiy orollarida o‘zining xorijiy filiallariga ega.

Talabalar soni – 17 705. 2 mingga yaqin professor va o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi.

Fakultetlar:

  • Yurisprudensiya va Siyosatshunoslik;
  • Jurnalistika;
  • Menedjment va davlat boshqaruvi;
  • Iqtisodiyot;
  • Axborot texnologiyalari.