13.01.2022 1180

2022 yil 12-yanvar kuni JIDU “Xalqaro muammolarni amaliy tahlili” kafedrasi katta o‘qituvchisi Rustam Mahmudovning “Xalqaro munosabatlarda madaniyatlararo muloqot nazariyasi” mavzusida ochiq darsi (master class) bo‘lib o‘tdi.

Mahorat darsi davomida Rustam Mahmudov tinglovchilarga madaniyatlararo muloqotning zamonaviy nazariyasining asosiy masalalari, uning zamonaviy jahon siyosatida hamda iqtisodiyotidagi tutgan o‘rni, antropologiya, madaniyatlararo aspektlarga oid tadqiqotlar, sotsiologiya, korporativ boshqaruv va madaniyat sohasidagi yetakchi xalqaro olimlar va ekspertlarning bir qator modellari bilan tanishtirdi.

Shuningdek, universitet talabalari bilan olingan bilimlarni mustahkamlash va ularni xalqaro munosabatlarning turli yo‘nalishlarida qo‘llash modelini yaratish maqsadida amaliy misollar elementlari bilan savol-javob tarzida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.