"Ta'limda zamonaviy trendlar: xorijiy tillar va xalqaro iqtisodiyot" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil qiladi
07.01.2022 2303
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univеrsitеti 2022 yil, 23 fevral kuni xalqaro miqyosidagi “Ta'limda zamonaviy trendlar: xorijiy tillar va xalqaro iqtisodiyot” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil qiladi.
Anjumanning dolzarbligi
Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida chet tillarni bilish jahon bozorida vaziyatni xolisona baholashda, korxonalarning iqtisodiyot samaradorligini oshirish borasidagi strategiyasini ishlab chiqishda yordam beradigan muhim axborot mahsulotiga aylanmoqda. Iqtisodchi uchun chet tili amaliy iqtisodiyotning eng zamonaviy yo'nalishlariga yo’l ochadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, chet tilini bilmay turib iqtisodchi bo‘lish mumkin emas, chunki iqtisodga oid tushunchalarning aksariyati xorijiy mamlakatlarda rivojlangan.
Anjuman yo’nalishlari:
- Turli ta'lim muassasalarida universal masofaviy ta'lim sharoitida o'qitishning o'ziga xos xususiyatlari: muammolar, tajribalar, istiqbollar
- Xalqaro iqtisodiyot va menejment sohasida chet tillarni o'qitishning dolzarb masalalari.
- Raqamli iqtisodiyot: biznesni o'zgartirish tendentsiyalari va istiqbollari.
- Sun'iy intellekt davriga tarjima : turli yondashuvlar integratsiyasi, tarjimani pedagogik vositaga aylantirish.
- Mutaxassislik uchun xorijiy tillar (LSP) o’qitishda fanlararo integratsion ta'limining ahamiyati: tajriba, yutuqlar, muammolar va yechimlar.
Anjuman materiallariga qo’yiladigan talablar:
- Mualliflar tomonidan taklif qilingan anjuman materiallari tahrir qilinmasdan nashr etiladi. Shu nuqtai nazardan, taqdim etilgan materiallardagi ma’lumotlar va xatolar (imlo, stilistik va boshqalar) uchun muallif o'zi javobgardir.
- Anjumanga yuborilayotgan material hajmi 3 betdan kam bo’lmasligi kerak.
- Maqola matni A4 formatda, 1 intervalda, yuqoridan, pastdan, chapdan, o’ngdan 2,0 sm joy qoldirib, MS WORD dasturida, Times New Roman 12 shriftida, 1,25 xat boshi bilan rasmiylashtirishi hamda sahifalar raqamlanmagan bo’lishi kerak.
- Birinchi satrda mavzu sarlavhasi (satr o'rtasida katta va qalin harflar bilan), ikkinchi satrda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, uchinchi satrda ish joyi va egallab turgan lavozimi, to'rtinchi qatorda - ingliz tilidagi annotatsiya bo’lishi lozim. Matn 5-qatordan boshlab yoziladi. Matnda foydalanilgan adabiyotlarga havolalar bo'lishi kerak. Matn oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati keltiriladi.
- Barcha talablarga javob beradigan maqolalar dasturga va maqolalar to'plamiga kiritiladi. Yuborilgan maqolalar muallifga qaytarilmaydi.
Anjuman tili: o’zbek, rus va ingliz.
Anjuman uchun ilmiy maqolalar 2021 yil, 1 fevralgacha elektron nusxada (electron pochta manzili// telegram kanali) qabul qilinadi.
Tashkiliy qo'mitaning manzili: 100007, Oʻzbekiston, Toshkent, Mustaqillik shoh koʻchasi, 54.
Telefon: (+998 71) 267-39-50
Faks: (+998 71) 267-09-00
Email: interconfuwed@gmail.com
Telegram: https://t.me/uwedinterconf