Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavr va magistratura talabalari diqqatiga!
06.01.2022 1307
2021-yil 24-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan oliy ta’lim tizimini tub ijobiy o‘zgarishlarga olib keladigan oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy, akademik va tashkiliy-boshqaruvda mustaqillik berish borasida “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga asosan 2022-yil yanvar oyidan boshlab respublikadagi eng salohiyatli 35 ta oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berildi. Shu munosabat bilan, oliy ta’lim tizimi tarixida ilk marotaba – rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga mas’ullar uchun o‘z kasbiy mahoratini oshirish, yangicha tartibda ishlashni boshlash maqsadida joriy yil 10-24- yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etiladi. Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalari kredit-modul tizimiga to‘liq o‘tganligi sababli kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilari uchun asosiy ishdan ajralgan holda o‘quvlar barcha oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2021/2022 o‘quv yilining ikkinchi yarmini to‘liq va puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda boshlash maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida qishki ta’til muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirildi.