“Xalqaro huquq” fakultetining bitiruvchi kurs talabalari uchun “Ernst and Young” OAJ tomonidan ishga qabul qilish bo’yicha uchrashuv o’tkazildi
27.12.2021 1501
2021-yilning 16-dekabr kuni “Xalqaro huquq” fakultetining 4-bosqich talabalari uchun “Ernst and Young” OAJda diplom oldi amaliyotini o’tashlari hamda keyinchalik ularni ish bilan taminlash maqsadida kompaniya vakillari bilan online ta’nishtiruv uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Bitiruvchilarni diplomoldi amaliyoti o’tashlari, ishga qabul qilish talablari, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, kompaniya faoliyat doirasi borasida taqdimot qilish bilan birga, talabalarni qiziqtirgan turli savollarga kompaniya vakillari tomonidan batafsil ma’lumotlar keltirib o’tildi.
Kompaniya vakillari kelgusida universitet bilan yaqindan hamkorlik qilishga o’z qiziqishini bildirib o’tdilar.