27.12.2021 1475

2021-yil 23-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Siz O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar haqida bilasizmi?” viktorinasi bo‘lib o‘tdi.

Viktorinada Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari ham ishtirok etishdi.

JIDUdan yapon tilini o‘rganayotgan talabalar: Adizov Jahongir (4 XIM), Xamroeva Xurshida (3 XM), Rahimov Mansurbek (3 XH), Umarova Nilyufar (3 XM) va Suvanov Elbek (3 XM) ishtirok etdi.

Talabalarni tayyorlashda yapon tili o‘qituvchilari X.G‘afurova, I.Rasulevalar faol ishtirok etdilar.

JIDU talabalari Yaponiya tarixi va madaniyati, O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlari tarixi bo‘yicha yaxshi bilimlarini namoyish etdilar.

Viktorina ishtirokchilari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.