27.12.2021 1546

Joriy yilning 18-25-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan poytaxtimizda “Oʻzbekiston yoshlari forumi - 2021” tashkil etildi. 

Ushbu forumda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalari - Dilmurod Dilmurodov, Kamola Erkinboyeva hamda Saidkarim Tursunboyevlar ham faol ishtitok etib, “Oʻzbekiston yoshlari forumi - 2021”ning Elchilari etib tayinlandi. 

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu talabalarning takliflari eng yaxshi takliflar “Top-200”taligiga kiritildi. 

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rahbariyati ushbu talabalarni tabriklab, kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.