25.12.2021 1405

2021-yilning 9-dekabr kuni “Xalqaro huquq” fakultetining 4-bosqich talabalari uchun “Lukoil Uzbekistan operating company” OAJda diplom oldi amaliyotini o’tashlari hamda keyinchalik ularni ish bilan taminlash maqsadida kompaniya bilan ta’nishtiruv ma’ruzasi hamda sinov testi o’tkazildi. Test sinovi jarayonida bitiruvchi kurs talabalari o’ta sinchkovlik bilan berilgan topshiriqlarni bajardilar. YUNESKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi katta o’qituvchisi N.Kadirova hamda “Xalqaro huquq” fakulteti Tyutorlari N.Nosirova va A.Abdujalilovlar ushbu tadbirni tashkil etishda o’zlarining samarali hissalarini qo’shdilar.

Natijalarga ko’ra barcha yuqori baholarni qo'lga kiritgan bitiruvchilarimiz diplomoldi amaliyoti o’tashlari uchun, kompaniya vakillari tomonidan saralab olindi. Kompaniya vakillari talabalar bilimi va ularning iste’dodlarini yuqori baholab, kelgusida universitet bilan yaqindan hamkorlik qilishga o’z qiziqishini bildirib o’tdilar.