17.12.2021 1582

JIDUga Bangladesh Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Jahongir Alam tashrif buyurdi.

JIDU tomonidan yuqori martabali diplomat bilan muzokaralarda Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor S.S.Saidqosimov, Xalqaro huquqiy tadqiqotlar va qiyosiy ommaviy huquq markazi rahbari I.A.Xamedov va “YUNESKO, xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi mudiri O.A.Yusupjanov ishtirok etishdi.

Uchrashuvda tomonlar ta’lim sohasidagi faol hamkorlik mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni keng rivojlantirishga xizmat qilishi haqida fikr bildirishdi.

Janob Jahongir Alamning ushbu tashrifi, uning so‘zlariga ko‘ra, unga JIDUning yuksak intellektual salohiyatini chinakam baholash imkonini berdi va elchixona qo‘shma hamkorlikni yanada faol rivojlantirish, O'zbekiston va Bangladesh Respublikasining zamonaviy yutuqlari, madaniyati va tarixini chuqur o‘rganishga hissa qo‘shish niyatida ekanini ishonch bilan ta’kidladi.