15.12.2021 1471

JIDU “Xalqaro huquq” fakulteti 3-kurs talabasi Abu Tolib G‘iyosovning “O‘zbekiston va Pokiston: barqaror taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” nomli maqolasi Pokiston Islom Respublikasining nufuzlari nashrlaridan bo‘lgan “Daily Pakistan” va “Daily Thal Times” gazetalarining bosh sahifalaridan o‘rin oldi.

Maqolada O‘zbekiston va Pokiston munosabatlarining ahamiyati, o‘ziga xos jihatlari tahlil qilingan bo‘lib, o‘zaro manfaatli hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika, madaniy-gumanitar sohalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, erishilgan kelishuvlar, imzolangan muhim hujjatlar, ikki mamlakat uchun o‘zaro manfaatli bo‘lgan istiqbolli loyihalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berilgan.