15.12.2021 1487

JIDU rektoratida Ummon Sultonligi Sulton Qobus universiteti (SQU) professorlari Nisar Ahmad va Reza Fatholloh Zade Agdam bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

JIDU tomonidan Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor S.S.Saidqosimov va “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi mudiri L.M.Tashpulatova ishtirok etishdi.

Rektoratdagi muzokaralar yakunida JIDU xalqaro bo‘limi tomonidan yuqorida qayd etilgan professor-o‘qituvchilar rahbarligida JIDU tadqiqotchi talabalari, doktorantlari va o‘qituvchilari uchun "Adabiyotlarni tizimli ko'rib chiqish: yuqori sifatli jurnallarda nashr etish yo'li" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy dasturiy ta’minotdan foydalangan holda tizimli adabiyotlar tahlilini o‘tkazishning yangi usuli taqdim etildi.

Universitet rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda SQU vakillari ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanligini bildirdi va tomonlar hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.