O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida mavjud ish o’rinlariga Univesitet bitiruvchilari orasida tanlov o’tkazildi
02.12.2021 1432
Joriy yilning 1 dekabr kuni JIDU Amaliyot, ish o’rganish va kasbiy o’sishni monitoring qilish bo’limi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki hamkorligida universitet bitiruvchilarini bandligini ta’minlash bo’yicha tanlov tashkil etildi. Tanlovda eng yaxshi koʼrsatgichga ega bitiruvchi talabalar ishtirok etishdi.
Imtihon natijalari asosida 5 nafar talaba saralab olindi va Markaziy bankga ishga taklif qilindi.