29.11.2021 1565

Joriy yilning 27-noyabr kuni Universitet talabalari "Toshkent Polixexnika muzeyi"ga, tyutorlar boshchiligida tashrif buyurdilar.

Ma’lumki, muzeylarning tarix,  san’at, o’lkashunoslik, adabiyot, tibbiyot, tarixiy va uy muzey kabi turlari mavjud. Ammo hali O’zbekistonda transport va avtomobil sanoati, qishloq xo’jaligi texnikasi taraqqiyot tarixi, buyuk olimlarning ixtirolari haqida hikoya qiluvchi muzey yo’q edi.

Markaziy Osiyoda yagona Toshkent politexnika muzeyi eng qiziquvchan insonlarning bilimga  bo’ladigan ehtiyojini qondiradi. Texnikaga qiziquvchi talabalar uchun robototexnika kurslari haqida ma’lumot beradi va u yerda mexatronika asoslari bilan tanishtirildi. “Interaktiv amaliyot” bo‘limida fan va texnika olamiga qiziqarli sayohat qilindi, matematika, fizika, astronomiyaga oid bilimlarini mustahkamlaydi. Odatdagidan boshqacha bo‘lgan muzeyda har bir eksponat o‘zida fizikaning u yoki bu qonunini namoyish etuvchi qurilmani mujassam etadi. U yerda talabalar muzey eksponatlarni ko‘rish bilan birga ular haqida ma’lumotga ega bo’lishdi.