27.11.2021 1769

Joriy yilning 17-noyabr sanasida "Xalqaro gumanitar huquqi bo'yicha Kviz" 3-konkursi o'tkazildi. O'zbekiston,Ozarbayjon, Belorussiya, Germaniya, Qozog'iston, Xitoy, Qirg'iziston, Rossiya va Tojikiston talabalari ushbu konkursda qatnashib Xalqaro gumanitar huquqi fani yuzasidan o'zlarining munosib bilim-ko'nikmalarini ko'rsatishdi. Konkurs onlayn tarzda, interaktiv formatda bo'lib o'tdi.

78 ta qatnashayotgan jamoalardan, 4 -jamoa,  g'oliblikni qo'lga kiritdi.

"Alternativ chempion" maxsus nominatsiyasi g'olibi sifatida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetining Xalqaro huquq yo'nalishi  4-bosqich talabalarining "Sharaf kodeksi"  jamoasi e'tirof etildi.