18.11.2021 1456

Xabaringiz bor, 15-noyabrdan 15-dekabrgacha Toshkent shahrida “Toshkent yoshlarni sevadi” deb nomlangan mega loyiha 18-30-yoshdagi barcha poytaxtliklar uchun bo’lib o’tmoqda. Intellektual o’yinlar haftaligi hisoblangan ushbu haftadan “Zakovat”, “Quiz”, “Munozara” va “CUDC” nomli loyihalar joy olgan.

17-noyabr kuni o’tkazilgan “Quiz” intellektual o’yinida JIDU ning “Xalqaro huquq” fakulteti 2-kurs talabalari Farid Mirzaakbarov, Toir Shukurov, Rushana Sa’dullaeva va Ismatullaeva Muslimalardan tashkil topgan “Interlaw” jamoasi faxrli 3-o’rin sohibi bo’ldi. Talabalar keyingi loyihalarda ham faol ishtirok etib, munosib o’rinlarni egallashni maqsad qilib qo’yishgan.

Ma’lumot uchun, “Munozara” loyihasi 18-noyabrda, “CUDC” esa 20-noyabrda o’tkazilishi belgilangan.

Taqdirlash marosimi 20-noyabr kuni Magic city bog’ida bo’lib o’tishi rejalashtirilmoqda.

Talabalarga kelgusi maqsadlarida ham ulkan zafarlar tilab qolamiz!