18.11.2021 1339

2021-yil 16-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi tomonidan tashkil etilgan Zulfiya nomidagi Respublika Davlat mukofotining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 25 dan ortiq o‘rta va oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Iqtidorli qizlar ixtisoslik bo‘yicha adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim va ijtimoiy faoliyatdagi alohida yutuqlari uchun ishtirok etdi. Ular o‘zlarining ilmiy faoliyati, olib borayotgan izlanishlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Mazkur tanlovda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Jahon siyosati” yo‘nalishi Xalqaro munosabatlar fakulteti 3-bosqich talabasi Ilmiddinova Madinaxon fan yo‘nalishidagi yutuqlari uchun birinchi o‘rinni egallab, keyingi shahar bosqichiga yo‘l oldi.

JIDU rahbariyati Madinaxon Ilmiddinovani ushbu yutug‘i bilan tabriklaydi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.