16.11.2021 1374

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar poytaxtimizda “Toshkent yoshlarni sevadi” shiori ostida yoshlar oyligiga start berildi.

Loyiha doirasida joriy yilning 15-noyabr kuni “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida oʻtkaziladigan anʼanaviy “Zakovat” intellektual oʻyinida poytaxtimizdagi oliy taʼlim muassasalarining 6 nafar talaba-yoshlaridan iborat jamoalar qatorida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” talabalaridan iborat “UWED Zakovat” jamoasi ham faol ishtirok etib, sovrindorlikni qoʻlga kiritishdi.