15.11.2021 1325

2021  yil 12  noyabr kuni  O‘zbekiston  davlat san’at va madaniyat  institutida Toshkent shahar hokimligi va Toshkent shahar “Olima” uyushmasi tomonidan hamkorlikda tashkillashtirilgan “Ilm yulduzlari” respublika intellektual  ko‘rik tanlovining  Toshkent  shahar  bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 15 dan ortiq universitet vakilalari ishtirok etdilar.

Yosh olimalar tanlovda uch shart  bo‘yicha bellashdilar: nomzodlarning  ilmiy faoliyati, izlanishlari haqidagi 5 daqiqalik videolavha; “Yoshlar kelajak poydevori” mavzusida beriladigan savollar; ishtirokchilarning chet tilini qay darajada bilishlarini sinash uchun tashkil qilingan “Men nechun  sevaman  O‘zbekistonni” mavzusidagi taqdimotlaridan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilarning bilimi, dunyoqarashlarining qanchalik serqirra ekanligini, nomzodlarning hozirjavobligi, O‘zbekistonning kechagi va bugungi mavqei haqida ma’lumotga egalik darajasini aniqlash  bo‘yicha yosh olimalarning  javoblari tinglandi.

Ushbu ko‘rik tanlovda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Siyosatshunoslik” kafedrasi I bosqich tayanch doktoranti Imomova Yulduzxon faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.  JIDU ma’muriyati Yulduzxon Imomovani ushbu yutuq bilan tabriklaydi va kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaydi.