15.11.2021 1332

“Xalqaro huquq” fakulteti 2-kurs talabasi Mamatov Firdavs Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Ulug‘bek” Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamkorligida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli yoshlari” mavzusidagi insholar tanlovining eng yaxshi mualliflaridan biri bo‘ldi. “Ulug‘bek” fondi turli yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borayotgan yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida joriy etilgan.

2021-yilning oktabr oyi davomida jami 102 ta insholar vazirlikning elektron pochtasiga kelib tushgan bo‘lib, ushbu ishlarning jami 56 tasi ekspert guruhi tomonidan o‘rnatilgan talablarga javob beradi deb e’tirof etildi. Insholar tanlovi natijasida 18 ta oliy ta’lim muassasalarining talaba va tadqiqotchilari g‘olib deb topildi.

Ushbu to‘plamlarni yoshlar orasida ommalashtirish maqsadida talabalar, doktorantlar va yosh tadqiqotchilar uchun joriy yilning sentabr oyida “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” nomli insholar tanlovi e’lon qilinib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Barcha insholar orasidan eng yaxshi 30 ta insho mualliflari diplomlar bilan taqdirlandi.