Bolalikning baxtli onglari
24.12.2016 32645
Yoshlar ijod saroyida «Sog‘lom ona va bola» Davlat dasturi doirasida “Shirintoy bolajonlar” deb nomlangan fototanlovning yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Mazkur tanlov “Kamolot” YOIH, O‘zbekiston badiiy akademiyasi va Toshkent shahar hokimiyati bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tanlovda bolajonlarning baxtli bolalik damlarini aks etuvchi fotosur’atlar namoyish etildi. Yurtimizda ta’lim, sport va san’at sohasida yaratilgan sharoitlarga bag‘ishlangan maxsus fotokollaj ham o‘rin egalladi.
Ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan bunday tanlovning maqsadi bolalar ijodini va yangi mualliflarning ismlarini kashf etish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning badiiy-estetik dunyoqarashini boyitish, turli davlatlardagi bolalar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini rivojlantirishga qaratildi. Ushbu baxtli bolalik bayramiga “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakulteti 4 kurs talabalari va ularga boshchilik qilgan “JI va XIM” kafedrasi kuratorlari Suriya Telmanovna Turayeva va Gulshan Abduqayumovna Abdurahimovalar tashrif buyurdi.