Nogironligi bor shaxslarning huquqlariga bag’ishlangan mahorat darsi
12.11.2021 1301
2021 yilning 11 sentabr sanasida YUNESKOning "Xalqaro huquq va inson huquqlari" kafedrasi tomonidan "Inson huquqlari" fani doirasida «Nogironligi bor shaxslarning huquqlari» mavzusi bo’yicha O'zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi ishtirokida "Xalqaro huquq" yo’nalishi 3,4- bosqich talabalari uchun mahorat darsi bo'lib o'tdi.
Mahorat darsi doirasida: O'zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi Isakov O.Y., Strategik rivojlanish bo'yicha rais muovini Abduxalilov A.A., Xalqaro rivojlanish bo'yicha rais muovini Po'latov O.V lar so'zga chiqdilar.
Mahorat darsi doirasida nogironligi bor shaxslarning huquqlari ta'minlanishi, amal qilishi va himoyasi , huquqiy asoslari va nogironligi bor shaxslarning xalqaro- huquqiy asoslari haqida so'z bordi.