JIDU talabasi MDH davlatlari bo’yicha o’tkazilgan “Yilning eng yaxshi ilmiy maqolasi -2021” xalqaro tanlov g‘olibi
08.11.2021 1429
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro huquq” fakulteti 1-kurs talabasi To‘xtayev Sardor Sulton o’g’li MDH davlatlari o’rtasida o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi ilmiy maqolasi-2021” xalqaro tanlovda 1-o’rinni egallab, 1-darajali diplom, tanlov ishtirochilari maqolalari jamlangan to’plam, medal va maxsus guvohnoma bilan taqdirlandi.
Ta‘kidlash lozimki, S.To‘xtayev 2021-yilda 20 dan ortiq xorijiy OTMlarga qabul qilingan edi va turli grantlar taklif etilganiga qaramay, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tanladi.
Hozirgi kunda To‘xtayev Sardorning 10 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalari Respublikamiz va Polsha, Germaniya, Rossiya, Daniya, AQSh kabi mamlakatlarning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etib kelinmoqda.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi To‘xtayev Sardorni g‘alabali odim bilan tabriklaydi va yangi ilmiy izlanishlarda yanada katta muvaffaqiyatlarni tilab qoladi.