Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining 30 yilligiga bag‘ishlangan mahorat darsi
03.11.2021 1430
2021-yil 3-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti YUNESKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi o‘qituvchisi Sh.M.Xamdamova Xalqaro huquq fakulteti talabalari uchun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining 30 yilligiga bag‘ishlangan mahorat darsini o‘tkazdi.
Mahorat darsida MDH faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va maqsadlari bilan bir qatorda MDHga a’zo davlatlarning har tomonlama va mutanosib rivojlanishiga va ular o‘rtasidagi turli sohalardagi hamkorlikka, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish va hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi integratsion tuzilma sifatida qayd etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining MDH doirasidagi hamkorligining asosiy yo‘nalishlari, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raislik qilishdagi sharafli va mas’uliyatli missiyasi, kelgusidagi MDH ishtirokchi davlatlari oʻrtasidagi hamkorlikning asosiy istiqboli to’g’risida to’xtalib o’tildi.
Talabalarga batafsil tushuntirish va dars jarayonini interaktiv ruhda o’tishini ta’minlash maqsadida taqdimot va video tasvirlardan foydalanildi.