24.12.2016 41047

2016 yil 21 dekabr kuni murabbiylik soatida barcha akademik guruhlarda atoqli shoir Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligi oldidan suhbat o’tkazildi.

Erkin Vohidov o’zbek adabiyotining yorug’ yulduzi, katta ijodiy maktab namoyondasidir.

Shoir adabiyotga o’tgan asrning 60-yillarida kirib keldi va o’zbek shehriyatini ham shaklan, ham mazmunan tubdan yangiladi. Erkin Voxidov qalami ostida “Tirik sayyoralar”, “Kanada turkumi”, “Ko’cha chetidagi ayol”, “Sharqiy qirg’oq”, “Kelajakka maktub” va boshqa she’rlar yaratildi.  Adib o’zining ijodi orqali Vatanni jondanda ortiq sevishga, ozodlik va mustaqillikning qadriga yetishga o’rgatdi.

Erkin Voxidovga bag’ishlangan “Mohir-u mehri mahorat”, “Uch daryodan suv ichgan dengiz” nomli ocherklar talabalar qalbidan chuqur o’rin egalladi.  Talabalar shoir ijodidan  she’rlar o’qib eshittirdi.