JIDUda Xalqaro migratsiya tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari ishtirokida mahorat darsi bo'lib o'tdi
03.11.2021 1411
2021-yil 27-oktabr kuni JIDUda YuNESKOning Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi tashabbusi bilan Xalqaro migratsiya tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari ishtirokida mahorat darsi bo'lib o'tdi.
Xalqaro huquq fakulteti professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etgan mahorat dars davomida Xalqaro migratsiya huquqining nazariy va amaliy jihatlari, xususan, O'zbekiston Respublikasidagi XMT amaliyotining dolzarb masalalari ko'rib chiqildi.
Davra suhbati yakunida talabalar mavzuga oid o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.