23.12.2016 31989

2016 yil 22 dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakulteti 1 bosqich talabalari  o’rtasida “Yo’l harakati xavfsizligiga rioya qilish – barchamizning burchimizdir!” mavzusida uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvga O’zRIIB YHHBB polkovnik Furqat O’tbosarovich Islamov tashrif buyurdi.  

Uchrashuv chog’ida talabalarga, shu bilan birgalikda boshqa yo’l harakati qatnashchilariga  nisbatan qaratilgan murojaatlarda, yo’l harakati qoidalarini buzmastlik va befarq bo’lmaslikga e’tibor qaratildi. Taklif etilgan mehmon YHH bo’yicha yo’lovchilarning chorrahalardagi e’tiborsiz bo’lgani, yo’llarda ehtiyotkorlikka rioya qilmagani, yo’l belgilari va qoidalarga tegishli bo’lgan bilimlarning  mavjud emasligini tasdiqlovchi misollar keltirdi.

Namoyish etilgan videofilmda yo’l  harakati hodisalariga sababchi bo’lgan  haydovchi, yo’lovchi va passajirlar to’g’risida so’z yuritildi va barchani yo’llarda yanada ziyrak bo’lishga  undaldi.

Mehmon YHH bo’yicha statistik ma’lumotlar keltirdi, haydovchilar va boshqa yo’l harakati ishtirokchilarga foydali maslahat va yo’riqnomalar berdi, yo’llarda e’tiborli, ehtiyotkor bo’lishga va yo’l harakati qoidalarini buzmaslikka da’vat etdi. Mavzu talabalar davrasida katta qiziqish uyg’otdi va barchani tegishli bo’lgan xulosalar  chiqarishga chorladi.