Mehribonlik uyiga tashrif
22.12.2016 32295
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 4 bosqich talabalari Toshkent shahridagi 21-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi.
Bolalarni yangi yil bayrami bilan qutlash va ularga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida tashkil etilgan tashrifda mehmonlar o’zlarining qiziqarli chiqishlari bilan qatnashdilar. Bayram dasturidan o’rin olgan turli xildagi musiqiy chiqishlar, ko’ngilochar o’yinlar, qiziqarli musobaqalar va sahnalashtirilgan ertak qahramonlari bilan tanishuv kabi ko’rinishlar bayram kechasini yanada boyitdi. Bundan tashqari dastur so’ngida bolalarga bayram sovg’alari berilishi esa bolalar quvonchiga quvonch qo’shdi.
Talabalar tomonidan hayriya tadbirlari davomli o’tkazilishi rejalashtiligan bo’lib, bunday tadbirlar o’tkazilishida O’zbekiston Respublikasida “Sog’lom ona va bola” yili davlat dasturining amaldagi ijrosini ko’rish mumkin.