JIDU talabalari insholar tanlovida g’olib bo’lishdi
04.10.2021 1613
Qirg’iziston Respublikasining 30 yilligi munosabati bilan, Qirg’iziston Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan, O’zbekistonning Oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida o’tkazilgan-“O’zbekiston va Qirg’iziston: asrlar osha do’stlik” mavzusidagi insholar tanlovida, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” fakultetining bir guruh talabalari g’oliblikni qo’lga kiritishdi.
“Xalqaro munosabatlar” fakulteti 2 kurs talabalari Nazirov Abrorjon Abduraximjon o’g’li faxrli 1 o’rin, Mashrabov Dostonbek Dilmurodjon o’g’li 2 o’rin, 4 kurs talabasi Egamberdiyev Bahriddin O’ktamovich 3 o’rin sohiblari bo’lib, joriy yilning 4-oktabr kuni Qirg’iziston Respublikasining O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ibragim Junusov tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Universit rahbariyati ushbu talabalarni munosib yutuqlari bilan tabriklaydi va kelgusi ishlsriga vuvaffaqiyatlar tilaydi.