Aslida har bir kun – ustozlar kuni
01.10.2021 1492
Mamlakatimizda barcha o‘quvchilar, talabalar, yoshlar, umumiy qilib olganda hamma-hamma 1-oktabr “O‘qituvchilar va murabbiylar” kunini intizorlik bilan kutishadi. Lekin, biz uchun birgina kun emas, deyarli quyosh kulgan har bir tong borki, ushbu qadrli insonlarimizning bayram kuni hisoblanadi.
Muallim bo‘lmasa olamda agar, Go‘zal ham bo‘lmasdi hayot bu qadar.
Xuddi shu nisbatga mos bo‘lgan ustozlarni bayramlari bilan qutlash kishiga o‘zgacha huzur baxsh etadi. Ustoz va shogirdlik bu taraqqiyotning mezoni, uzilmas va buzilmas oltin zanjiridir. Farzand necha yoshga kirsa ham ota-ona uchun baribir farzand bo‘lib qolganidek, shogird qanday martabada faoliyat yuritmasin, ustoz uchun baribir shogirddir.
Darhaqiqat, inson har qanday muvaffaqiyatga erishmasin, bu yo‘lda o‘zining izlanishlari va harakatlari barobarida ustozlarining mehnati yotadi.
Qadrli ustozlar!
Bugungi kunda bizning har tomonlama yetuk, jahon bozorida raqobatbardosh kadr, oʻz sohasining yetuk mutaxassisi boʻlib yetishishimizda Sizning oʻrningiz beqiyos.
Fursatdan foydalanib, Sizlarni 1-oktabr - Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni bayrami bilan tabriklab, Sizlarga sogʻlik, omad, ilmiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolaman.
Dilmurod Dilmurodov,
“Xalqaro munosabatlar” fakulteti 2-bosqich talabasi