“Bitiruvchilar soati” doirasida bo'lib o'tgan ma'ruzasi to'g'risida
22.12.2016 32360
2016-2017 o'quv yiliga mo'ljallangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini yanada rivojlantirish bo'yicha istiqbolli tadbirlar rejasidagi vazifalarni amalga oshirish va universitet bitiruvchilarini ushbu idoralar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda iqtidorli bitiruvchilarni ishga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan “Bitiruvchilar soati”da “O'ZBEKINVEST” Eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi vakili K.S.Hasanov hamda “O'ZBEKISTON SANOAT-QURILISH BANKI” aksiyadorlik tijorat banki mutaxassislari tomonidan qo'mita faoliyati, tarkibi, kadrlarni shakllantirish tartibi va ularga qo'yiladigan asosiy talablar borasida ma'ruza o'qildi.
Mazkur uchrashuv amaliyotdan keltirilgan misollar bilan yoritib berilganligi talabalarning bu boradagi tasavvurlari va ko'nikmalarini yanada boyitdi.
Uchrashuv yakunlariga ko'ra talabalar “O'ZBEKINVEST” Eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi va “O'ZBEKISTON SANOAT-QURILISH BANKI” aksiyadorlik tijorat banki bilan bog'liq turli masalalar bo'yicha fikr va mulohazalar almashdilar.