Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 2022-yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik institutiga qabul eʼlon qiladi
15.09.2021 2495
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 2022-yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik institutiga quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha qabul eʼlon qiladi:
Ixtisoslik shifri |
Ixtisoslik nomi |
Tayanch doktoranturaga qabul kvotasi |
Doktoranturaga qabul kvotasi |
Mustaqil izlanuvchilikka qabul kvotasi* |
07.00.05 |
Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi |
1 |
1 (umumiy) |
- |
23.00.04 |
Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari |
2 |
- |
|
12.00.03 |
Fuqarolik huquqi; Tadbirkorlik huquqi; Oila huquqi; Xalqaro xususiy huquq |
1 |
- |
|
12.00.10 |
Xalqaro huquq |
2 |
- |
|
08.00.09 |
Jahon iqtisodiyoti |
2 |
- |
|
08.00.03 |
Menejment |
1 |
- |
|
JAMI |
9 |
1 |
- |
* Mustaqil izlanuvchilikka aniq kvota miqdori belgilanmagan boʻlib, Qabul komissiyasi suhbatdan oʻtgan talabgorlar qabul qilinadi.
Tayanch doktorantura
Tayanch doktoranturaga magistr darajasiga va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ikkitadan kam boʻlmagan ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan maʼruza tezislariga ega boʻlganlar qabul qilinadi.
Tayanch doktoranturada oʻqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik maʼlumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Tayanch doktoranturada oʻqish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (taʼlimning oldingi darajalarida oʻrganilgan xorijiy til) boʻyicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (oʻrtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam boʻlmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam boʻlmagan), CEFR (V2 darajadan past boʻlmagan) boʻyicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud boʻlganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.
Doktorantura
Doktoranturaga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar, fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan soʻng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar toʻplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʻlgan talabgorlar qabul qilinadi.
Doktoranturada oʻqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik maʼlumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy maʼlumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
- tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy maʼruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari.
Tayanch doktoranturada oʻqishga talabgorlarni tanlab olish kirish imtihonlari natijalariga koʻra, doktoranturaga esa – suhbat natijalariga koʻra amalga oshiriladi.
Mustaqil izlanuvchilik (falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun)
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka magistr diplomga va belgilangan ilmiy maqolalariga ega boʻlganlar.
Mustaqil izlanuvchilik (fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun)
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki ularga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan diplomga ega boʻlgan, belgilangan tartibda talablarga muvofiq ilmiy daraja olganidan soʻng salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan shaxslar rasmiylashtiriladi.
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar (falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalari uchun) quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- qisqacha biografik maʼlumotnoma;
- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik diplomi nusxasi;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- ilmiy ishlar roʻyxati va ularning nusxasi;
- fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
- ish joyidan tavsifnoma.
Mustaqil izlanuvchilik institutiga qabul suhbat natijalariga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatlar http://phd.mininnovation.uz veb-sahifasi orqali 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha onlayn qabul qilinadi.
Telefon: (+998 71) 267-67-69, (+998 90) 114-36-40, (+998 97) 001-62-31
Faks: (+998 71) 267-09-00
Elektron manzil: Ilmiy_bulim@uwed.uz
Sayt: www.uwed.uz