“O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida targ'ibot tadbir
21.12.2016 31917
2016 yil 20 dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to'rt yilligi munosabati bilan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Respublika Ma'naviyat targ'ibot markazi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirish va targ'ibot qilishga qaratilgan tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda o'z ma'ruzalari bilan Toshkent davlat yuridik universiteti o'qituvchilari L.Achilova, F. Samigjonov, U.Sheraxmetova va talabalari J.Xaydarov, N.Jamoliddinov, L.Baratov, K.Tangibaevalarga chiqish qildilar. Tadbirda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ishtirokida ishlab chiqilgan Bosh qomusimiz yurtimiz ramzi, g'urur-iftihori, shu zaminda istiqomat qilayotgan millati, dini, irqidan qat'i nazar barcha fuqarolar uchun mustahkam huquqiy himoya, ertangi yorug' kelajagimizning muhim poydevori ekanligi ta'kidlab o'tildi.
Tadbir so'ngida savol-javoblar olib borildi.