03.09.2021 2137

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Gulnoza Ismoilova European International Womenʻs Leadership Awards mukofotining  2021-yilgi sovrindori boʻldi. Yevropa Ittifoqi poytaxti Bryusselda boʻlib oʻtgan mazkur taqdirlash marosimida Germaniya, AQSH, Isroil, Belgiya, Buyuk Britaniya, Belgiya kabi mamlakatlarning vakillari ham ishtirok etishdi.

“European International Womenʻs Leadership Award” taqdimoti jamiyatda va hayotda faolligi bilan minglab ayollarning ovoziga aylangan, ayollar haqidagi mavjud stereotiplarni oʻz faoliyati bilan oʻzgartirishga hissa qoʻshayotgan ayollar uchun eʼtirofdir. Mazkur taqdimot ilk bor 2019-yilda turli qitʼalardan yigʻilgan ayollar ishtirokida oʻtkazilgan. Shundan buyon Yevropa Ittifoqining mazkur mukofoti jahonning barcha davlatlaridan ishbilarmon, bilimli va faol ayollarni taqdirlash va ularni mehnatini dunyo hamjamiyatiga tanishtirish maqsadida tashkil etib kelinmoqda.

JIDU jamoasi ham Gulnoza Ismoilovani navbatdagi ushbu muvaffaqiyat bilan qutlab, kelgusi professional faoliyatida zafarlar tilaydi.